Charlz Islom bilan jang uchun Abu-Dabiga kelishga jur’at qilolmaydi – Nurmuhamedov

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni rossiyalik Habib Nurmuhamedov Charlz Oliveyrani Islom Maxachevga qarshi oktagonga chiqishga jur’at eta olmaydi, deb hisoblaydi. U bu haqda Twitter'dagi rasmiy sahifasida aytib o‘tgan.

“O‘ylaymanki, Charlz Oliveyra Abu-Dabida kelmaydi. UFC Charlzni Benil Dariush bilan almashtiradi. Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Islom Maxachev UFC 280 musobaqasida keyin dunyoning eng yaxshi jangchisi bo‘lish yo‘lida ketmoqda”, degan Habib Nurmuhamedov.

Ma’lumot uchun, braziliyalik Charlz Oliveyra va rossiyalik Islom Maxachev o‘rtasidagi vakant chempionlik uchun bahs joriy yilning 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 280 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Bu jang g‘olibi yengil vazn toifasida UFC chempioniga aylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Charl'z Oliveyra Islom Maxachev

Baholaganlar

43

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing