CAFA chempionatiga O‘zbekistonning qaysi stadionlari mezbonlik qiladi?
Sport
−
24 mart 2023
12388Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatining o‘yinlari Toshkentdagi “Bunyodkor”, “Jar” va “Paxtakor” stadionlarida o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, CAFA Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Ravshan Ermatov TASS'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“O‘zbekistonda 20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati endigina yakunlandi, turnir juda muvaffaqiyatli o‘tdi. Barcha maydonlar a’lo darajada tayyorlangan, Xalqaro futbol federatsiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasi musobaqaga tayyorgarlikni yuqori baholadi, jumladan, CAFA turniriga “Bunyodkor”, “Jar” va “Paxtakor” stadionlarini tayyorlamoqchimiz. O‘yinlar asosan Osiyo chempionati finali o‘tkazilgan “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi”, deydi Ermatov.
CAFA 2014 yil iyun oyida tashkil etilgan va Osiyo Futbol Konfederatsiyasining (OFK) beshta mintaqaviy assotsiatsiyasidan biri hisoblanadi. OFK tarkibiga Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasi (EAAF), Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi (CAFF) va G‘arbiy Osiyo futbol federatsiyasi (VAFF) ham kiradi. Yevropa futbol federatsiyalari ittifoqi (UEFA) esa bunday ajratilgan tizimda ishlamaydi.
LiveBarchasi