Buyuk Britaniya Pfizer’ning koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi
Olam
−
02 dekabr 2020
2607Buyuk Britaniya Pfizer (AQSH) va BioNTech (Germaniya) kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi BNT162b2 vaksinasini ommaviy qo‘llashga ruxsat berdi va bu borada Yevropadagi birinchi davlatga aylandi.
Mamlakat Hukumati 40 million doza vaksinaga buyurtma bergan.
Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, vaksinadan foydalanish keyingi haftadan boshlanadi. Bir necha oylik klinik sinovlardan so‘ng, agentlik mutaxassislari vaksina qat’iy xavfsizlik, sifat va samaradorlik standartlariga javob beradi, degan xuosaga kelgan.
Avvalroq, Pfizer va BioNTech kompaniyalari ular ishlab chiqqan BNT162b2 vaksinasi 90 foiz samara ko‘rsatgani haqida ma’lum qilgandi. Keyinroq bu ko‘rsatkich 95 foizga chiqarildi.
Kompaniyalar AQSHga ham ushbu vaksinalardan yetkazib berish uchun tegishli idoralarga ariza bergan.
LiveBarchasi