Buyuk Britaniya koronavirus vaksinasini keng ko‘lamda ishlab chiqarishni boshladi

Olam

image

Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2​ koronavirus vaksinasini klinik tadqiqotlar tugashidan avval keng miqyosda ishlab chiqarish boshlandi. Bu haqda bugun, 19 aprel kuni Oksforddagi Jenner instituti direktori Adrian Xill ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu vaksina ustida o‘tkazilayotgan klinik sinovlar hali yakunlanmagan. Biroq olimlar ushbu vaksina samarali va xavfsizligiga ishonadi. Ularning fikricha, ushbu jarayonda sinovlarga vaqt ketkazmaslik kerak.

“Vaksina ustida olib borilayotgan sinovlar bilan bir vaqtda uni ishlab chiqarishni boshlashimiz kerak. Biz vaksinani sentyabr oyigacha million dozada tayyor bo‘ladi deb umid qilamiz“, deydi Adrian Xill.

U yangi vaksina sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tish ehtimoli 80 foiz ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek, vaksinani ishlab chiqarishni Buyuk Britaniya hukumati qo‘llab-quvvatlamoqda. Hukumati sinov uchun 2,2 million funt sterling (2,7 million dollar) miqdorida mablag‘ ajratdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirus bilan bog‘liq 115 314 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 414 nafari sog‘aygan, 15 498 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 99 402 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina Koronavirus Buyuk Britaniyada

Baholaganlar

835

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing