Bo‘stonliqda dam olishga borgan 4 kishi adashib qoldi
Jamiyat
−
14 aprel 2023
7229Kecha, 13 aprel kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga dam olish uchun borib, adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 19:50 da Toshkent viloyati FVB tezkor boshqaruv markaziga viloyatning Bo‘stonliq tumanidagi tog‘ yonbag‘irlarida dam olish uchun borgan 4 nafar fuqaro yo‘ldan adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlariga zudlik bilan Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan.
Qutqaruvchilar tomonidan qisqa vaqt ichida fuqarolar tumanning “Burchmullo” mahallasi hududidagi tog‘larning yuqori qismida ekani aniqlangan. Olib borilgan harakatlar natijasida yo‘ldan adashgan 4 nafar fuqaro sog‘-salomat pastga olib tushilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 20 mart kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Qiziltog‘ shaharchasi atrofidagi adirlikda kuchli yomg‘ir oqibatida qolib ketgan 47 kishi qutqarilib, ularning avtomobillari olib chiqilgan edi.
LiveBarchasi