Parkentda dam olishga borgan 47 kishi adirlikda qolib ketdi
Jamiyat
−
21 mart 2023
15270Toshkent viloyati Parkent tumanida kuchli yomg‘ir oqibatida adirlikda qolib ketgan 47 kishi qutqarilib, ularning avtomobillari olib chiqildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 20 mart kuni Parkent tumani Qiziltog‘ shaharchasi atrofidagi adirliklarga o‘z avtomobillarida dam olish maqsadida borgan fuqarolar kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida u yerda qolib ketgan va pastga tusha olmayotgani sababli FVVga xabar bergan.
Xabarga asosan, qutqaruvchilar aytilgan manzilga 7 ta maxsus texnika bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.
Amalga oshirilgan tezkor ishlar natijasida qutqaruvchilar tomonidan dam oluvchilarning 13 ta yengil turdagi avtomobillari hamda 47 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib tushilgan.
“Yuzaga kelgan vaziyat oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohat olgan fuqarolar yo‘q”, deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, “Qamchiq” dovonida MAN rusumli neft mahsulotlari ortilgan yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi