Parkentda suv sisternasi yorildi
Jamiyat
−
20 oktabr 2020 9152 1 daqiqa
Toshkent viloyati, Parkent tumanida suv sisterna yorildi. Buning oqibatida hududdagi 8 ta dala hovliga zarar yetdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Hodisa bugun, 20 oktyabr kuni soat 04:30 da Parkent tumani hududidagi hovlilardan birida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu sisternada sig‘imi 2 ming kubometr suv bo‘lgan. Buning oqibatida holat yuz bergan joy yaqinida joylashgan 8 ta dala hovlilarga qisman zarar yetgan.
Yuzaga kelgan vaziyatda jabrlangan va vafot etganlar aniqlanmagan.
Ayni daqiqalarda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyida xonadonlardan suv tortish ishlarini olib bormoqdalar.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr