Prokuratura xodimi xususiy klinikada burnini operatsiya qildirgach, vafot etdi
3-sahifa
−
21 aprel 26263 2 daqiqa
Farg‘ona viloyatidagi xususiy klinikada burun suyagini operatsiya qildirishga borgan 32 yoshli prokuratura xodimi vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga marhumning turmush o‘rtog‘i ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, erkak Farg‘onadagi xususiy klinikalardan biriga burun suyagini operatsiya qildirish uchun o‘z oyog‘i bilan kirgan, biroq qaytib chiqmagan.
“Nahotki sog‘lom odam doktor xatosi bilan hayotdan ketishi mumkin? 3 farzandim otasiz qoldi”, deydi erkakning turmush o‘rtog‘i o‘z murojaatida.
QALAMPIR.UZ voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. Uning bildirishicha, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Ma’lumot uchun, marhum M.M. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Farg‘ona viloyati boshqarmasi tezkor bo‘limi tezkor vakili lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 5 mart kuni “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etgan edi. U bir necha kun avval do‘stlari bilan basseynda suzayotgan vaqtida boshi va burnidan jarohat olgan. Shu sabab u burnini operatsiya qildirish maqsadida Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan "Star med center" xususiy klinikasiga murojaat qilgan.
Live
Barchasi