Bunday halokatlardan keyin lavozimimda qololmayman – Ispaniya Transport vaziri
Olam
−
10:48 428 3 daqiqa
Ispaniyada kamida 69 kişining umriga zomin bölgan poyezdlar töqnaşuvi Transport vazirining iste’fosiga sabab böldi. Oskar Puente bir yil içida ikkinçi yirik temiryöl halokati sodir bölgani uçun lavozimidan ketişini e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilişiça, vazir öz qarorini joriy yilning 3 noyabr kuni parlamentdagi majlis yakunida e’lon qilgan. U Transport vaziri lavozimidan ketişi bilan birga, muddatidan oldin ötkaziladigan parlament saylovlaridagi nomzodini ham qaytarib olgan.
“Ispaniya kabi mamlakatda transport vaziri bir yildan kam vaqt içida bunday oğirlikdagi ikkita hodisadan keyin öz lavozimida qolişi mumkin emas”, degan Puente.
Mazkur halokatdan söng konservativ Xalq partiyasi (PP), öng qanotdagi “Vox” partiyasi va hukumatning ayrim ittifoqçilari transport vazirining iste’fosini talab qilgan. Ular Ispaniya temiryöl tizimi xavfsizligi va uning işonçliligi borasida jiddiy savollar paydo bölganini bildirgan.
Şuningdek, muxolifat Puentening halokat sabablarini inson omili bilan izohlaganini tanqid qilgan. Ularning fikriça, vazir şu yöl bilan özining mas’uliyatini boşqa tomonga burişga uringan.
Ispaniya Boş vaziri Pedro Sançes esa vazirning qarorini qöllab-quvvatlagan. Uning aytişiça, Puente vaziyatga yuzma-yuz kelgan, savollarga javob va yeçimlar taqdim etgan, söng lavozimini tark etgan.
Tergovga oid dastlabki ma’lumotlarga köra, halokat sodir bölgan temiryöl uçastkasida avtomatik signalizatsiya tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Kompyuter tizimidagi muammo sabab poyezdlar harakati töxtatilgan.
Ispaniya OAVlarida e’lon qilingan audioyozuvlarda Madriddagi boşqaruv markazi xodimlari va ikki poyezd haydovçisi örtasidagi suhbatlar aks etgan. Ularda Renfe poyezdi haydovçisiga yölni davom ettirişga ruxsat berilgani, biroq şu vaqtda Iryo poyezdi harakatsiz turgani eşitiladi.
Audioyozuvlardan birida Iryo poyezdi haydovçisi boşqaruv markaziga poyezd Urdadagi kiriş signali oldida töxtab turganini va harakatlana olmayotganini ma’lum qilgan. Keyingi suhbatda ham u poyezdning xavfsizlik tizimini boşqara olmayotganini bildirgan.
Ta’kidlanişiça, Ispaniyada 29 noyabr kuni muddatidan oldingi parlament saylovlari bölib ötadi. Poyezdlar halokati esa hukmron sotsialistik hukumat uçun saylovlar oldidan jiddiy siyosiy muammoga aylangan.
Eslatib ötamiz, fojia joriy yilning 28 oktyabr kuni Madrid – Sevilya yönalişidagi Urda şahri yaqinida sodir bölgandi. Avvaliga Urda stansiyasi hududida sodir bölgan favqulodda hodisa oqibatida kamida 39 kişi halok bölgani ma’lum qilingan edi. Keyinçalik Ispaniya OAVlari temir yöl halokatida halok bölganlar soni 50 kişiga yetganini xabar qildi. Şuningdek, kamida 179 kişi jarohatlangani haqida ma’lumotlar paydo böldi.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev poyezdlar töqnaşuvi oqibatida köplab insonlar halok bölgani va jarohat olgani munosabati bilan Ispaniya qiroli Felipe VI nomiga hamdardlik yölladi.
Live
Barchasi