Anomal sovuq poyezdlar harakatiga ham ta’sir qilmoqda
Jamiyat
−
13 yanvar 2023
8503Anomal sovuq sabab yo‘lovchi poyezdlar harakati ham o‘zgaradi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 13 yanvar kuni anomal sovuq tufayli yo‘lovchi poyezdlari harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Shu sababli yo‘lovchi poyezdlarning jo‘nash hamda manzilga yetib borish vaqtlarida o‘zgarishlar kuzatiladi.
“Har bir yo‘lovchini o‘z manziliga xavfsiz olib borilishini ta’minlash eng muhim vazifadir. Shuni inobatga olgan holda, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati yo‘lovchilardan kelib chiqqan bunday vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini istab, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, deyiladi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabarida.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 13 yanvar kuni kuzatilayotgan anomal sovuq sababli “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishidagi 765-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdida nosozlik yuzaga kelib, poyezd “Malik” bekatida to‘xtatilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli ayni kunlarda tashqi bankomatlarning texnik holatida nosozliklar kelib chiqib, pul chiqarmay qolish holatlari kuzatilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi