“Dard ustiga chipqon”. Tirbandlik avj olgan yer usti metrosida poyezdlar tezligi cheklanadi
Jamiyat
−
01 iyun 2023
8434Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li va Sergeli yo‘li uchastkalarida poyezdlar harakati tezligining vaqtincha cheklovi joriy etiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” Davlat unitar korxonasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, yoz mavsumining boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahrida havo harorati keskin ko‘tarilishi va natijada yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lib, 70 darajadan ortishi mumkin.
Shu munosabat bilan temir yo‘llardan foydalanish qoidalariga ko‘ra, relslarning harorati 55 darajadan oshganda poyezdlarning harakati tezligi pasaytirilishi, ya’ni relslarning harorati 60 darajagacha bo‘lganda poyezdlar harakati tezligi 40 km/soatdan, 65 darajagacha 25 km/soatdan oshmasligi, 70 va undan yuqori darajada esa poyezdlar harakati taqiqlanishi belgilangan.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, poyezdlar harakati va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, metropolitenning yer usti halqa yo‘li va Sergeli yo‘li uchastkalarida havo haroratining ko‘tarilishi kuzatilgan vaqtlarda poyezdlar harakati tezligining vaqtincha cheklovi joriy etiladi.
LiveBarchasi