Ispaniyadagi poyezd halokatida sobiq vazir ham qurbon bölgan bölişi mumkin

Olam

−

image

Ispaniyaning Toledo provinsiyasida yuz bergan poyezdlar töqnaşuvida mamlakatning sobiq mehnat vaziri Fotima Banes halok bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda “Euronews” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, 59 yoşli Banes 2011–2018 yillarda Ispaniya mehnat vaziri lavozimida işlagan. U Madrid–Andalusiya yönalişida harakatlangan Iryo poyezdining sönggi vagonida bölgan. Sobiq vazir Sevilya şahrida tadbirkorlar iştirokidagi tadbirda qatnaşiş uçun ketayotgan bölgan.

Ma’lumotlarga köra, Ispaniyaning Xalq partiyasi (PP) milliy idorasidagi manbalar Banesning halok bölganini tasdiqlagan. Biroq u rahbarlik qilayotgan CEOE jamğarmasi bu ma’lumot rasman tasdiqlanmaganini bildirgan.

Hodisa ortdan sobiq vazirning yaqinlari undan xabar oliş uçun voqea joyiga va Uelva temiryöl vokzaliga yöl olgan.

Keça, 28 oktyabr kuni sodir bölgan töqnaşuvda kamida 68 kişi halok bölgan, 58 kişi şifoxonaga yotqizilgan. Qutqaruvçilar vayron bölgan vagonlar orasida qidiruv işlarini davom ettirgan.

Ispaniya Boş vaziri Pedro Sançes hodisa joyiga borib, halokat sabablarini aniqlaş böyiça tergov ötkazilişini va kelgusida bunday fojialarning oldini oliş uçun temiryöl xavfsizligi kuçaytirilişini bildirgan.

“Yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlar xizmatining xavfsizligini kuçaytirişimiz va tizimga bölgan işonçni tiklaşimiz kerakligi aniq. Ispaniya kabi mamlakatda bir yil içida ikkita yuqori tezlikdagi poyezd halokati sodir bölişi qabul qilib bölmaydigan holat”, degan Sançes.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ispaniyada ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdning töqnaşib ketişi 64 kişining ölimiga olib kelgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing