1 fevraldan yotoqli poyezdlarning chipta narxi ham oshadi

Jamiyat

image

2025 yil 1 fevraldan boshlab mahalliy yo‘nalishdagi (yotoqli) yo‘lovchi poyezdlarning chipta narxi qimmatlashadi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.

Kompaniya buni yo‘lovchi tashish sohasida moliyaviy zararlarni nisbatan qisqartirish, temiryo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek yo‘lovchi vagonlar parkini yangilash, temiryo‘l vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablarga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan izohlagan. Shu bilan birga, respublikadagi inflyatsiya darajasi inobatga olingan.

Endilikda kelgusi oy boshidan ushbu turdagi poyezdlar chipta narxining tarif qismi 10,5 foizga oshadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarning VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 2025 yil 1 fevral sanasidan boshlab 25 foizga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga hamda tezyurar yo‘lovchi poyezdlar “Sharq", “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarning chipta narxlari 30 foizga oshishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

poezdlar mahalliy yo'nalishlar chipta narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing