Buxoroning tarixiy qismida elektrosamokat va rikshada harakatlanish taqiqlanadi
Jamiyat
−
10:08 322 2 daqiqa
Buxoro shahrining tarixiy qismida elektroskuter, riksha, moped, 4 g‘ildirakli velosiped, elektrosamokat, karting, shuningdek ot va tuyada harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Buxoro shahar hokimligining “Buxoro shahrining tarixiy qismida yo‘lovchi tashishga mo‘ljallanmagan vositalar harakatini tartibga solish to‘g‘risida“gi qarorida so‘z boradi.
Ma’lum qilinishicha, tegishli qaror 2026 yilning 1 oktyabridan kuchga kiradi.
Hujjatga ko‘ra, cheklov Ark qo‘rg‘onidan Poyi Kalon ansambli, Haqiqat ko‘chasi bo‘ylab Labi Hovuz ansambligacha bo‘lgan hududda amal qiladi.
Qayd etilishicha, ushbu hududda yo‘lovchi tashishga mo‘ljallanmagan turli xil elektromobillar, riksha, velomobil, velosiped, skuter, elektron bolalar mashinalari va boshqa mexanik hamda elektron harakatlanish vositalari soni keskin oshgan. Bu esa turistlar va piyodalarning xavfsiz harakatlanishiga xavf tug‘dirib, ayrim hollarda tan jarohati yetkazilishiga sabab bo‘lgan.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga tarixiy hududda qonunchilik talablariga javob bermaydigan transport va individual harakatlanish vositalaridan foydalanishni cheklash choralarini ko‘rish topshirilgan.
Cheklov doirasida qonunchilik talablariga javob bermaydigan vositalarda yo‘lovchi tashishga yo‘l qo‘yilish holatlariga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanadi. Bundan tashqari, cheklov joriy etiladigan hududning kirish va chiqish qismlariga tegishli axborot-ko‘rsatkichlari va yo‘l belgilari o‘rnatiladi.
Mazkur vositalardan foydalanish orqali xizmat ko‘rsatadigan fuqarolarga Yangi O‘zbekiston bog‘i yoki Boqiy Buxoro bog‘i kabi maxsus hududlarda faoliyat yuritish va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyati tushuntirilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Botanika bog‘i hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatilgan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr