Buxorolik erkak “Yor-yor” ko‘rsatuvi orqali tanishgan ayolni o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida 36 yoshli erkak o‘zi bilan uchrashib yurgan ayolni o‘ldirdi. Bu haqda “Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Joriy yilning 28 fevral kuni viloyatning G‘uzor tumani Mirishkor qishlog‘ida yashovchi, marhuma 35 yoshli S.M.ning singlisi opasining o‘ldirib ketilgani haqida IIBga xabar bergan.

Voqea joyiga yetib borgan xodimlar marhumaning jasadini u yashaydigan xonadondagi chuqurligi 2,5 metrlik quduqdan chiqarib olgan. 

Aniqlanishicha, marhuma S.M. Buxoro viloyatining Jondor tumanida yashovchi 36 yoshli erkak bilan uchrashib yurgan. Gap shundaki, turmushidan ajralgan ayol “Zo’rTv” telekanalining “Yor-yor” ko‘rsatuvida chiqqan. Shu tariqa ayol buxorolik erkak bilan 2021 yilning dekabr oyida tanishgan.

Shundan so‘ng, erkak marhuma S.M. bilan uning singlisining uyida uchrashib yurgan. Ammo to‘ydan darak bo‘lmaganidan so‘ng, ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Jondorlik S.E. ayolga tan jarohati yetkazib, hushsiz holga keltirgan. Keyin esa ayolni hovlidagi quduqqa tashlab yuborgan.  

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va erkakka sud hukmi o‘qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudining hukmi bilan erkakka 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Qashqadaryo Yor-yor ko'rsatuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing