Buxorodan uchgan samolyot dvigatelida nosozlik yuzaga keldi

Jamiyat

image

Bugun, 15 yanvar kuni Buxoro-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasining A-320 samolyoti manziliga yaqinlashayotganda dvigatelida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda “Aviaincident” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ekipaj komandiri qo‘nishga ustuvorlik berishni so‘ragan va Vnukovo aerodromida ko‘k rangli ogohlantirish e’lon qilingan. Bu parvozdagi aviatsiya hodisasini, ya’ni samolyotning favqulodda (majburiy) qo‘nishni anglatadi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston havo yo‘llarining A-320 samolyoti xavfsiz qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. 

Aviatashuvchining xabar berishicha, Vnukovo xalqaro aeroportida samolyotning texnik nosozligi O‘zbekiston havo yo‘llarining bir necha reyslari kechishiga olib kelgan.
  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airwaysʼning Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan reysi bortdagi mast yo‘lovchi sababli Rossiyaning Qozon shahri aeroportida favqulodda qo‘ngandi. Oldinroq esa, bortida 173 yo‘lovchi bilan Sankt-Peterburgdan Samarqandga yo‘l olgan yana bir samolyot stabilizator nosozligi sababli Moskvaning Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Vnukovo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing