Maktabda bolalarning kaltaklanishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullar ishdan olindi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi 34-umumta’lim maktabida 4-sinf o‘quvchilaridan birining otasi sinf xonasiga kirib, bolalarni kaltaklagani va bu holatga sinf rahbar tomoshabin bo‘lib qarab turgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 30 aprel kuni 4 -“b” sinfda sodir bo‘lgan. Shu kuni sinf o‘quvchilari ko‘chada o‘zaro janjallashib qolgan va bolalardan biri o‘rtog‘ining otasiga qo‘ng‘iroq qilib, uning o‘g‘lini urishganini aytgan. Ota (B.Sh.) shu zahoti sinf xonasiga kelib, o‘g‘lini urgan bolalarni boshqalarning oldida kaltaklay boshlagan.

Maktab rahbariyati tomonidan otaning noqonuniy xatti-harakati bo‘yicha tegishli huquq-tartibot idoralariga rasmiy murojaat qilingan. Shu bilan birga begona shaxsni maktabga bemalol kirishiga yo‘l qo‘ygan maktab qorovuli Sh.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. O‘z xizmat vazifasiga nisbatan mas’uliyatsizlik bilan yondashgan hamda yuzaga kelgan holatni nazoratsiz qoldirgan maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham bekor qilingan.

Shuningdek, sinf rahbari va maktab direktorining tegishli o‘rinbosarlari faoliyatini o‘rganish maqsadida ayni paytda xizmat tekshiruvi amalga oshirilmoqda. Tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing