Buxorodagi avariya oqibatlari bartaraf etildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Buxoro viloyati Shofirkon tumani hududidan o‘tgan “O‘ztransgaz” AJga qarashli bo‘lgan “Gazli-Chimkent” yuqori bosim ostidagi gaz quvurida avariya sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 25 iyul kuni Buxoro gaz quvuridagi avariya oqibatlari bartaraf etildi, deya xabar tarqatdi Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

20 iyul kuni soat 21:50 atrofida “Gazli-Chimkent” magistral gaz quvurining 76 kilometrida Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasida gaz sizishi va gaz quvurining uzilishi sodir bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda avariya oqibatlari to‘liq bartaraf etildi va gaz quvurining faoliyati to‘liq tiklandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro gaz quvuri

Baholaganlar

38

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing