Buxoroda YPX xodimini urib yuborgan haydovchi ushlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Buxoro viloyatining Jondor tumanida Cobalt rusumli avtomobil yo‘l-patrul xizmati xodimini urib yuborgani haqida xabar bergan edik. Mashina haydovchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, YPX xodimining qonuniy talabiga rioya qilmasdan yo‘l transport hodisasini sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19 yanvar kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahrida yo‘l-patrul xizmati inspektori Jasurjon Muhammadov xizmat olib borayotgan vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etgandi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Farg‘ona viloyatida esa 34 yoshli Damas haydovchisi spirtli ichimlik ta’sirida avtomashinani yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, oldinda velosipedda ketayotgan fuqaroni urib yuborgandi. So‘ngra u qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yo‘l chetida onasi bilan ketayotgan 5 yoshli qizni ham urib, voqea joyidan qochib ketgan. Hodisa oqibatida qiz shifoxonada, 71 yoshli erkak esa hodisa joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Buxoro Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing