Buxoroda shifokorlar majburan ishdan bo‘shatilayotgani aytilmoqda (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

QALAMPIR.UZ tahririyatiga Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasidan shifokorlar majburan ishdan bo‘shatilayotgani aks etgan video va audioxabarlar kelib tushdi.

Mazkur xabarlarga ko‘ra, stomatologiya poliklinikasi shifokorlaridan majburiy tarzda ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yig‘ib olingan. Jamoada umumiy 63 ta shifokor mavjud bo‘lib, ushbu poliklinika 1984 yilda qurilgan. 

Tahririyatimizga xabar yo‘llagan stomatolog ayolga ko‘ra, shifokorlar hech qanday hujjatlar ko‘rsatilmasdan, bosim bilan ishdan haydalmoqda. 

Qayd etilishicha, ular bu masalada viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va prokuraturaga ham murojaat bilan chiqqan. Ularning murojaatlariga faqat og‘zaki javob berilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli idoralardan ushbu masala yuzasidan rasmiy munosabat kutib qolamiz.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro shifokorlar ishdan bo'shatish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing