Buxoroda sevgan qizining behayo rasmlarini tarqatgan yigit ushlandi
3-sahifa
−
31 iyul
10596Buxoro viloyatida sevgan qizini uyatsiz rasmlarini kanallarda tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ya.Sh. murojaat qilib, o‘zining behayo foto hamda video tasvirlari noma’lum shaxs tomonidan Telegram messenjerida tarqatib yuborilganini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi R.R. sodir etgani aniqlangan. Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.R. jabrlanuvchi Ya.Sh. bilan ma’lum vaqt ishqiy munosabatda bo‘lib kelgani va uning turli behayo fotosuratlarini Telegram messenjeri orqali qo‘lga kiritib, qarindoshlariga tarqatib yuborgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan R.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141/3-moddasi (Shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141/3-moddasi 2-qismi bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda kirakash erkak sevgilisining yalang‘och rasm va videolarini tarqatib yubormaslik uchun 2 million 800 ming so‘m so‘ragandi.
LiveBarchasi