Buxoroda Nexia shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Jondor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi vafot etdi. Bu haqda tuman hokimining mazkur hodisa oqibatlarini bartaraf etish va shu kabi holatlarning oldini olish to‘g‘risidagi 27 maydagi farmoyishida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, voqea 30 aprel kuni soat 07:00 atrofida tumandan o‘tuvchi A-380 avtomagistral yo‘lining 305-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi Nexia avtomashinasini Xorazm-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotganida avtomobilning shinasi yorilib ketgan.

Oqibatda 3 nafar fuqaro vafot etgan. 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hujjatda tuman YHXBga favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirish vazifalari topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termizda uchta avtomobil to‘qnashuvida Nexia-3 yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Nexia halok bo'ldi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing