Termizda uchta avtomobil to‘qnashuvida Nexia-3 yonib ketdi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida kecha, 3 iyun kuni uchta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Alisher Navoiy va Termiz ko‘chalari kesishgan chorrahada Matiz, Nexia-3 va Cobalt mashinalari to‘qnashgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

To‘qnashuvda Nexia-3 mashinasida yong‘in kuzatilgan va u bartaraf etilgan.

IIB surishtiruv olib borilayotgani, YTH sabablari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda Nexia-3 va Damas ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi jarohat olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

to'qnashuv Termiz avtomobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing