Buxoroda Nexia-3 dagi gaz ballon portladi. 3 kishi qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 20 mart kuni Buxoro shahrida avtomobildagi gaz balloni portlashi natijasida 3 kishi, jumladan, 3 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Hodisa soat 17:20 da haydovchi 50 yoshli I.N. o‘zining boshqaruvidagi Nexia-3 avtomashinasida Buxoro shahar A-380 yo‘lining 222-kilometrida harakatlanib kelayotgan vaqtida yuz bergan. Avtomobilning yukxonasida o‘rnatilgan metan gaz ballon portlagan.

Portlash natijasida avtomashina orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan 50 yoshli L.S., hodisa joyida, 24 yoshli A.U. va voyaga yetmagan 3 yoshli A. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Avtomashina haydovchisi I.N., va oldi o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchi 27 yoshli B.U.ga yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.

Hozirda tergov-tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, portlash sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro portlash

Baholaganlar

602

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing