Buxoroda “Neftebaza” direktori maktabgacha ta’lim boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi

Jamiyat

image

Maqsud Subhonovich Rajabov Buxoro viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, u tayinlovga qadar “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli “Buxoro neft bazasi” unitar korxonasi direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Maqsud Rajabov 1973 yil 22 noyabrda Vobkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1997 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi)ni tamomlagan.

Maqsud Rajabov mehnat faoliyatini 1997 yilda Vobkent tumani hokimligi moliya bo‘limi bosh buxgalteri o‘rinbosari sifatida boshlab, Vobkent tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari, budjet bo‘limi boshlig‘i (1998), viloyat nazorat taftish boshqarmasi Vobkent tumani bo‘yicha bosh nazoratchi-taftishchisi (1998-1999), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxoro viloyati bo‘yicha Nazorat-taftish boshqarmasi bosh nazoratchi-taftishchisi (1999-2005), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxoro viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari-Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i (2005-2011), Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2011-2021) lavozimlarida ishlagan.

Oilali, 3 nafar farzandi bor.
 


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro tayinlov

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing