Buxoroda erkak rashk sababli xotinini o‘ldirib qo‘ydi
3-sahifa
−
24 aprel
9254Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 49 yoshli erkak rashk sababli xotinini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 22 aprel kuni soat 12:09 larda tuman IIB navbatchilik qismiga “Polvonlar” mahallasida yashagan 34 yoshli ayol yashash xonadonida sanchib-kesuvchi o‘tkir tig‘li jismdan yetkazilgan tan jarohati oqibatida vafot etgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Aniqlanishicha, marhuma ayolning turmush o‘rtog‘i rashk zamirida janjallashib, unga oshxona pichog‘i bilan bir necha tan jarohati yetkazib, qasddan odam o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sirdaryoda turmush qurganidan ko‘p o‘tmay o‘z xotini va qaynonasini o‘ldirgan erkak 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi. Samarqandda esa mast holatda bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining oyoq-qo‘llarini bog‘lab, ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan 32 yoshli ayol 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.