Buxoroda er xotinini o‘ldirib, so‘ng o‘zini osdi
3-sahifa
−
01 avgust
15002Buxoro viloyatida er xotinini qasddan o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat joriy yilning 30 iyul kuni taxminan soat 21:16 larda Peshku tumanida sodir bo‘lgan. 27 yoshli erkak M.E. turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida “Chibog‘oni“ MFYda joylashgan fermer xo‘jaligining dala maydonidan fuqaro M.E.ning jasadi topilgan. U joniga qasd qilib, o‘zini daraxtga osgan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda er xotinini pichoqlab, o‘ldirgandi.
LiveBarchasi