Buxoroda er xotinini oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi
3-sahifa
−
06 avgust
10552Buxoro viloyatida er xotinini oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 30 iyul kuni Buxoro tumanida yashovchi fuqaro D.A. turmush o‘rtog‘i K.R.ni oshxona pichog‘i bilan urib, qasddan o‘ldirgan. Qotillikka o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
“Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda er xotini va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirgandi.