Buxoroda elektrovoz odamni urib yubordi

Jamiyat

image

Kecha, 5 dekabr kuni Buxoroda poyezd temir yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborishi natijasida, u halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Hodisa soat 04:55 larda elektrovoz mashinisti 32 yoshli R.T. boshqaruvidagi 3041-sonli yuk poyezdini Buxoro Mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli Yakkatut-Murg‘ak bekatlari oralig‘idagi 4012 km. 1-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida sodir bo‘lgan. Poyezd temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 58 yoshli G.X.ni urib yuborganligi natijasida G.X. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Avvalroq, Namanganda yuk poyezdi 82 yoshli otaxonni urib yuborgani natijasida, u halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Buxoro

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing