Buxoroda do‘kon yerto‘lasidagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
01 mart 2024 9123 1 daqiqa
Bugun, 1 mart kuni Buxorodagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konlaridan birining yerto‘lasida portlash yuz berdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea soat 08:57 larda Buxoro shahri “Yoshlik” MFYdagi Alpomish ko‘chasida joylashagan ikki qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konining yerto‘lasida sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan.
“Chaqnash sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida yong‘in sodir bo‘lmagan”, deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida xalok bo‘lgan va yana 1 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr