Buxoroda brakoner ekologiya bo‘limi boshlig‘ini otib qo‘ydi (video)
3-sahifa
−
16 iyul 2023 36577 1 daqiqa
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor xizmat vaqtida yaralandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Aniqlanishicha, inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. U holatga chek qo‘yish maqsadida voqea joyiga borganida esa brakoner tomonidan o‘q uzilishi oqibatida qo‘lidan yaralangan. Brakoner voqea joyidan yashiringan.
Inspektorga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni damda uning ahvoli yaxshi. Brakonerlarni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bekobod shahrida ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha inspektor xizmat vaqtida pichoqlangandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust