Navoiyda ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan brakonerlar ushlandi

3-sahifa

image
image

Avvalroq, Navoiy viloyatida brakonerlar ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani xabar berilgandi. Qiziltepa tumani IIB tomonidan holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilib, videodagi fuqarolarning shaxsi aniqlangan va ular IIBga olib kelingan. Bu haqda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, surishtiruv davomida Buxoro viloyatidan kelgan 5 nafar fuqaro “To‘dako‘l” suv havzasi hududiga ov qilish uchun kirgan va shu yerda xizmat vazifasini bajarayotgan ekologiya boshqarmasi xodimi I.X.ning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, unga nisbatan kuch ishlatgan.

Avtomashina yukxonasi ko‘zdan kechirilganda 1 ta yovvoyi quyon, 2 ta yovvoyi o‘rdak, saqlash uchun ruxsatnomasi mavjud 4 ta ov quroli topilgan.

Hozirda Qiziltepa tumani IIB tomonidan barcha zarur ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada hokim o‘rinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy brakon'er ekologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing