Sirdaryoda brakonerlar qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlari, viloyat prokuraturasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida brakonerlar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sayxunobod tumani “Nurli yo‘l” MFY hududidan oqib o‘tuvchi ichki kanaldan fuqaro J.A va K.A. tomonidan elektr qarmoq yordamida noqonuniy ravishda 17 dona (3 dona sudak, 3 dona karas, 1 dona sazan, 3 dona ilonbosh, 6 dona oqqayroq, 1 dona oq amur) baliq ovlayotganlik holati aniqlangan. 

"Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan hayvonot dunyosiga yetkazilgan 14 million 688 ming so‘m zarar hisoblanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tumani sudiga chora ko‘rish uchun taqdim qilindi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Qoraqalpog‘istonda brakonerlar Qizil kitobga kiritilgan 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo brakon'er Sayxunobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing