Ekopolitsiya xodimi brakonerlarga qarshi kurashda halok bo‘ldi
3-sahifa
−
18:03 2750 2 daqiqa
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzo Botirov kecha, 9 sentyabr kuni tungi soat 23:00 da Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarshiligiga uchragan va natijada suvga tushib ketgan. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bugun, 10 sentyabr kuni inspektorning jasadi topilgan.
“Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Mirzo Botirovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, ayni damda marhumning oila a’zolariga zarur moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
“Shu bilan birga, Mirzo Botirov umrini atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishladi. U ning tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonunchilik talablarini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari hamda ko‘rsatgan jasorati munosib baholanib, u “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan vafotidan so‘ng taqdirlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 6 oyida 18 nafar ichki ishlar organi xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi