Toshkent viloyatida ekologiya inspektori ish vaqtida pichoqlandi
3-sahifa
−
20 iyun 2023
9649Toshkent viloyati Bekobod shahrida ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha inspektor xizmat vaqtida pichoqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 19 iyun kuni mazkur vazirlikning Toshkent viloyati boshqarmasi Bekobod shahar bo‘limi boshlig‘i, davlat inspektori Muhammadjon Fozilov xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida pichoqlangan.
U ayni damda shifoxonada davolanmoqda. Bemor operatsiya qilinib, jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan.
“Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan voqea sabablari va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar