Namanganda ham inspektor pora bilan qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
11 iyun 3904 1 daqiqa
Namangan viloyatining Chust tumanida inspektor chegaradan chorva mollarini noqonuniy o‘tkazib berish evaziga pora oldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Chust tumani IIB profilaktika inspektori 1994 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan kelib tushgan arizani ko‘rmasdan qoldirganligini ro‘kach qilib, undan 2 ming AQSH dollari talab qilgan va joriy yilning fevral oyida 700 AQSH dollari olgan.
Inspektor o‘zining noqonuniy harakatini davom ettirib, fuqarodan qolgan 1300 dollarni hamda kelgusida unga “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasi orqali chorva mollarini noqonuniy olib o‘tishida rahnamolik qilish evaziga 2000 dollar, jami 3300 AQSH dollari so‘ragan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda profilaktika inspektoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahar IIO FMB profilaktika inspektori 7 ming dollar pora olgan vaqtida qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi“Chust oshi” ham patentlandi
11 iyun