Sobiq IIB xodimini ishga tiklab qo‘ymoqchi bo‘lgan inspektor qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
11 iyun 4285 1 daqiqa
Samarqand shahar IIO FMB profilaktika inspektori 7 ming dollar pora olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahar IIO FMB profilaktika inspektorining noqonuniy harakati fosh etilgan.
Inspektor mansabdor tanishlari orqali sobiq ichki ishlar xodimining tizimga qayta ishga tiklanishida yordam berish evaziga 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida “Mirzo Ulug‘bektumangaz” AJ xodimi bilan bog‘liq firibgarlik va korrupsion holat fosh etilgandi.
Live
Barchasi