Buxoroda ariqdan 2 yoshli bolaning jasadi chiqdi
Jamiyat
−
09 avgust 2019
7509Kecha, 8 avgust kuni Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida joylashgan 23-sonli maktab oldidan oqib o‘tuvchi ariqdan o‘g‘il bolaning jasadi topildi. Bu haqda Z.Odilov ismli fuqaro Buxoro shahar IIO FMBga ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jasad Kogon tumani “Sorg‘un” MFYda yashagan, 2017 yilda tug‘ilgan, ota-onasi qaramog‘ida bo‘lgan, millati o‘zbek Sh.N. ekanligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha voyaga yetmagan Sh.N. shu kuni ehtiyotsizligi oqibatida yashash uyining oldidan oqib o‘tuvchi ariqga tushib ketib, suvga cho‘kkan.
Avvalroq, Toshkentdagi Qichqiriq kanalida Toshkent davlat texnika universiteti 2-kurs talabasi cho‘kib ketgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi