Buxoroda 5 yashar bog‘cha bolasini urgan erkakka ish ochildi

3-sahifa

image

 

Avvalroq Buxoro viloyatidagi bog‘chalardan birida bog‘cha tarbiyalanuvchisining otasi o‘g‘li bilan urishgan bolani urgani haqida xabar berilgandi. Endilikda 5 yashar bolani urgan erkakka nisbatan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida joriy yilning 24 iyun kuni mazkur bog‘chada bo‘lgan A.Yu. boshqa bola A.S. bilan urishgan, shu sababli A.S.ning otasi X.F. bolaning yuziga urib, jarohat yetkazganligi aniqlangan. Sud tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, bolaga yengil darajadagi tan jarohati yetkazilgan.

Holat yuzasidan X.F.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi (Yengil tan jarohati yetkazish) bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Olot tuman sudiga yuborilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda bog‘cha opa avval ikki bolani urishtirib, keyin o‘zi ham kaltaklagandi. Shuningdek, Sirdaryoda bolaga oyog‘ini uqalatgan bog‘cha opa ishdan bo‘shatilgani xabar qilingandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Sud Buxoro viloyati bog'cha bolasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing