Buxorodagi bog‘chada erkak o‘g‘li bilan urishgan 5 yashar bolani urdi (video)
3-sahifa
−
29 iyun
10855Buxoro viloyatidagi bog‘cha tarbiyalanuvchilaridan birining otasi boshqa bir bolani urdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Bildirilishicha, 2024 yil 24 iyun kuni Olot tumani Tibbiyot birlashmasi navbatchi shifokori G.H. Ichki ishlar boshqarmasiga tumandagi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi (2019 yilda tug‘ilgan) A.Yu. tan jarohati bilan olib kelinganini bildirgan.
O‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 24 iyun kuni mazkur bog‘chada bo‘lgan A.Yu. boshqa bola A.S. (2019 yilda tug‘ilgan) bilan urishgan, shu sababli A.S. ning otasi X.F. A.Yu. ni yuziga urib, jarohat yetkazgan.
“Hozirda bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 6 yashar o‘gay o‘g‘lini kamar bilan urgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
LiveBarchasi