Termizda 20 dan ortiq bolani Damas’da tashigan haydovchi ushlandi
3-sahifa
−
16:08 402 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 21 nafar bog‘cha bolasini tashigan Damas haydovchisi ushlandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Termiz shahrida maktab oldida harakat xavfsizligini ta’minlayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari Damas avtomobilini to‘xtatganida mashina salonida 21 nafar voyaga yetmagan bolalar tashilayotganligi aniqlangan.
“Xodimlar tomonidan bir nechta yo‘lovchi avtomobillari to‘xtatilib, bolajonlar bog‘chaga yetkazildi. Ushbu holat uchun haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilib, muassasa mudirasiga bu sovuqqonligining ayanchli oqibatlari tushuntirildi”, deyiladi xabarda.
Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, bolalarni bu tartibda tashishdan ota-onalarning o‘zlari ham xabardor va rozi bo‘lgan.
“Inson hayoti bilan bog‘liqligini tushuntirib o‘tishdi. Bu holat boshqa takrorlanmaydi. Qilgan qoidabuzarligimdan ming afsusdaman va pushaymonman”, degan haydovchi.
Shuningdek, to‘plangan hujjatlar viloyat maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasiga ma’lumot uchun yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda ikki haydovchi Damas’da 56 nafar bog‘cha bolasini tashigani aniqlangandi.
Live
Barchasi