Buxoroda 4,4 magnitudali zilzila bo‘ldi
Jamiyat
−
02 avgust 2024
6376Bugun, 2 avgust kuni 4,4 magnitudali zilzila bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 10:39 da sodir bo‘lgan. Epitsentr: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani. Zilzila koordinatalari: 40,42 gradus shimoliy kenglik; 65,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 351 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Navbahor tumanida 2-3 ball, 28 km;
- G‘ijduvon tumanida 2 ball, 35 km;
- Navoiy shahrida 2 ball, 39 km;
- Karmana tumanida 2 ball, 44 km.
Eslatib o‘tamiz, 8 iyul kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezilgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar