Buxoroda 3 kishi kanalizatsiyada zaharlanib, vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul kuni Buxoro shahrida “Buxoro maxsus suv ko‘rilish” MCHJning 3 nafar xodimi kanalizatsiyada zaharlanib vafot edi. Yana bir nafari shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Taxminan soat 11:00 larda “Buxoro maxsus suv ko‘rilish” MCHJ xodimlari Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini shaharning asosiy kanalizatsiya tizimiga ulash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan. Ishchilar 47 yoshli A.K. va 45 yoshli S.B. quvurlarni montaj qilish jarayonida kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanishlari oqibatida hushidan ketgan. 

Ularning sherigi 27 yoshli Z.Sh. yordam berish maqsadida kanalizatsiya quvuriga tushgan vaqtida u ham kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib hushidan ketgan. Ularning yana bir sherigi 41 yoshli S.A. yordam berish maqsadida ushbu quvurga tushib zaharlanishdan hushidan ketgan.

Atrofda to‘plangan aholi tomonidan faqatgina S.A.gina qutqarib qolingan bo‘lib, uning sheriklari 47 yoshli A.K., 45 yoshli S.B. va 27 yoshli Z.Sh. esa hodisa joyida kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib vafot etgan.

Hozirda fuqaro S.A. shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyiga tergov guruhi chiqib, voqea joyini ko‘zdan kechirib, tergov oldi surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro kanalizatsiya

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing