Buxoroda 2 yoshli bolaning kaltaklanishi yuzasidan tergov boshlandi
3-sahifa
−
25 noyabr 2023
7061Avvalroq Buxoro viloyati Kogon shahridagi xususiy bog‘chalardan birida 2 yoshli bola tarbiyachi tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan shahar IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 20 noyabr kuni Kogon shahridagi oilaviy bog‘chada kaltaklangan bola 2021 yilda tug‘ilgan O‘.Q. bo‘lgan. O‘sha kuni bolaning onasi birinchi marta O‘.Q.ni bog‘chaga olib borgani sababli u injiqlik qilib yig‘lagan, muassasa "tarbiyachi"si esa kichkintoyni urib tartibga chaqirgan.
Ombudsmanga ko‘ra, ushbu voqea yuzasidan Kogon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voyaga yetmagan O‘.Q.ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, N.A.ning harakatlariga huquqiy baho berish masalasi ko‘rilyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida mast ayol o‘z qizini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi