Buxoroda hokim yordamchisi Nexia-2'da maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bola halok bo‘ldi
3-sahifa
−
21 Sentabr
5756Buxoro viloyati Romitan tumani hokimining “Iftixor” MFY bo‘yicha yordamchisi Elyor Toshpo‘latov o‘zining boshqaruvidagi Nexia-2 avtomobilida sodir etgan yo‘l-transport hodisasida 10 yoshli bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish uchun Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Rustam Sultonov bilan bog‘landi.
Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, holat kecha, 20 sentyabr kuni va haqiqatdan ham hokim yordamchisi tomonidan sodir etilgan. O‘quvchi tumandagi 7-sonli maktabning 3-sinfida tahsil olgan. Bildirilishicha, hozir ham ichki ishlar xodimlari voqea joyida.
Tahririyat hodisa bo‘yicha Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati bilan bog‘langanda, YTH haqida hanuz ma’lumotga ega emasligini bildirdi. Ikkinchi bor aloqaga chiqilganda Romitan tumani IIB boshlig‘i bilan aloqaga chiqqani va uning majlisda ekanini, majlisdan chiqqach ma’lumot berishini bildirdi. Tuman va viloyat hokimliklari bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.
Viloyat IIB YHXB tomonidan haligacha rasmiy ma’lumot berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun oldin – 19 sentyabr kuni Toshkent shahrida BYD rusumli avtomobil maktab o‘quvchisini urib yuborgandi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tibbiy muassasaga olib borilayotgan paytda olgan jarohatlari sabab vafot etgandi.
LiveBarchasi