Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga ko‘chib o‘tdi
Jamiyat
−
02 mart 2021
17708Buxoro viloyati hokimi Olot tumani “Davlatboy” mahallasida joylashgan vagon-shtabga ko‘chib o‘tdi. Botir Zaripov shu yerda yashab, olotliklarning muammolarini o‘rganmoqda.
Botir Zaripov bugun, 2 martni mazkur shtabda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan boshladi.
"Botir Zaripov shu yerda yashab, olotliklarning muammolarini o‘rganmoqda. Ularni hal etish choralarini ko‘rmoqda", deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Avvalroq, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Prezident tanqid qilgan “Bunyodkor” mahallasida o‘rnatilgan konteynerga ko‘chib o‘tishini aytgandi. Hokim uchun mahallada alohida konteynerli uy qurildi.
LiveBarchasi