Buxoro hokimi koronavirusga chalindi. Viloyatning ikki sobiq hokimi virusdan vafot etgandi
Jamiyat
−
03 iyul 2021
10496Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov koronavirusga chalindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, hokim Zaripov Toshkentda davolanmoqda. Kasallik unda yengil o‘tyapti. Viloyat rahbari fuqarolar bilan uchrashuvda virus yuqtirgan bo‘lishi mumkin.
Botir Zaripov qachon va qanday qilib virus yuqtirgani bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun viloyat hokimligi Matbuot kotibi Olim Jo‘rayev bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. Hokimlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ham Zaripovning ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.
Ma’lumot uchun, Buxoro viloyatining avvalgi hokimi Karim Kamolov o‘tgan yilning 22 avgust kuni koronavirus infeksiyasidan vafot etgandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev ham o‘tgan yilning 20 sentyabr kuni koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgandi. Barnoyev 2016 yil dekabridan 2020 yil 28 fevraligacha Buxoro viloyatiga hokimi bo‘lgan.
LiveBarchasi