Buxoro va Samarqandda jami 8 nafar bemor sog‘aydi

Jamiyat

image
Samarqandda karantin qoidalari yumshatilmaydi north_east

Samarqandda karantin qoidalari yumshatilmaydi

Buxoro va Samarqand viloyatida jami 8 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 6 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Buxoro viloyatida 5 nafar, Samarqand viloyatida esa 3 nafar, jami 8 nafar koronavirusga chalingan bemorlar to‘liq sog‘aydi. Sog‘ayganlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Buxoroda shifo topganlarning 4 nafari ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Toshkent shahridan bo‘lib, Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ularning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 14 yosh. Ushbu viloyatda shu paytga qadar 367 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 372 nafarga yetdi.

Shuningdek, Samarqandda tuzalganlarning 3 nafari (7 yoshli, 31 yoshli hamda 78 yoshli) ham erkak bo‘lib, ushbu viloyatning Toyloq tumanidan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Viloyatda hozirga qadar 34 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 37 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1547 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha virus yuqtirganlar 2217 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

66

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing