Buxoro Markaziy dehqon bozorida yong‘in chiqdi
Jamiyat
−
05 iyul 2019 4277 1 daqiqa
Bugun, 5 iyul kuni soat 06:00 atrofida Buxoro shahri Ibn Sino ko‘chasidagi Markaziy Dehkon bozorida yong‘in chiqdi. Yong‘inda bozor hududidagi do‘konlar yongani aytilmoqda.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xabariga ko‘ra, Buxoro viloyati YOXB Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga kelib tushgan xabar asosida, birinchi bo‘linmalar soat 06:05 da voqea joyiga yetib borgani. O‘sha vaqt savdo do‘konlarining tom qismida quyuq tutun alarash alanga chiqib yonayotgan bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 06:12da qurshab olinib, 07:00da batamom o‘chirilgan.
Yong‘inga jami 4 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari jalb etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in oqibatida tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan savdo do‘konlarining 60 kv metr maydonida tom qurilish konstruksiyalari va ichida bo‘lgan savdo mahsulotlari qisman yonib zararlangan. Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida savdo do‘konlarining 560 kv metr maydoni saqlab qolinishiga erishilgan.
Yong‘inning kelib chiqish sababi elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida deb, gumon qilindi. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.