“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga ish qo‘zg‘atildi (video)

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida joylashgan “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasiga hisoblangan qo‘shimcha to‘lov yuzasidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yodgorlik majmuasi markazining elektr tarmoqlari amalda belgilangan tarifga nisbatan qo‘shimcha to‘lov hisoblanayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatiga asosan olib borilgan o‘rganishlar jarayonida aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markaziga yetkazib berilgan elektr energiya uchun yuritilgan hisob-kitoblarda amaldagi qaror talablariga rioya qilinmagani hamda belgilangan tariflarni oshirib qo‘llash holati aniqlangan. 

Oqibatda, majmuaga nisbatan 115 million so‘mlik qo‘shimcha to‘lov hisoblangani ma’lum bo‘ldi.

Shu munosabat bilan, qonunchilikda belgilangan tartibda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda elektr hisoblagichlar iste’molchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Energetika vazirligi esa bu xabarlar mutlaqo noto‘g‘ri ekanligini aytib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro hududiy elektr tarmoqlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made